Asaka tumani hokimligi yuriskonsulti firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

19:24 28 Aprel 2022 Jamiyat
1186 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan Asaka tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman hokimligining yuriskonsulti X.Q. “Q.N.” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi B.N.ning ishonchiga kirib, ushbu xoʻjalikning ixtiyoriga berilgan 20,2 gektar yer maydoni boʻyicha “N.M.” fermer xoʻjaligi oʻrtasidagi Andijon tumanlararo maʼmuriy sudida apellyatsiya tartibida koʻrilayotgan ishni viloyat sudida ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga “Q.N.” fermer xoʻjaligining foydasiga hal qilib berishni vaʼda qilib, oʻz xizmat xonasida oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер