Arnasoyda milliy hunarmandchilik rivojlanmoqda

21:36 25 May 2020 Jamiyat
2301 0

Yurtimizda xalqning boy madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini toʻliq saqlab qolish va koʻpaytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yana-da rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni har tomonlama koʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlash maqsadida 2017-yilning noyabr oyida Prezidentimizning “Hunarmandchilikni yana-da rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi.

— Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash hamda unda koʻrsatilgan imkoniyatlardan foydalanib, men ham oʻz hunarmandchilik yoʻnalishimni tashkil etdim, tumanimizning bir qismi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi bilan chegaradosh boʻlib, keyingi yillarda bu yerga sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi, — deydi Arnasoy tumanilik hunarmand Farida Avazova. — Zamonaviy texnologiyalar rivojlangan sari xalq hunarmandchiligi oʻz sohasiga sodiq qolib kundan-kunga rivojlanib bormoqda, ayniqsa qoʻl mehnati orqali tayyorlanayotgan mahsulotlarga talab juda yuqori boʻlayotir. Hozirda tumanda 20 nafardan ziyod shogirdlarim soha sirlarini oʻrganib, mustaqil ishlashga tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham koronavirus pandemiyasi keng tarqalgan boʻlib, karantin qoidalariga amal qilinmoqda. Aholining uyda boʻlishi hunarmandchilik, ayniqsa qoʻl mehnati orqali yasaladigan taqinchoqlar, quloq-burun, boʻyin va koʻkrak uchun bezaklar yasashga va ularni xarid qilishga talabni sezilarli darajada oshirdi. Bu esa bu sohaga qiziquvchi yosh qizlar va ayollarni koʻpayishiga sabab boʻldi. Ayni vaqtda hunarmandning saʼy-harakati bilan oʻn turda yasalayotgan taqinchoqlarning safi yana beshtaga koʻpayib mahsulotlar internet orqali sotilmoqda, qolganlari esa sayyohlarga sotishga shay qilib qoʻyildi.

Tolibjon ERGASHEV,

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер