Armanistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Armanistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib Georgiy Kocharyan tayinlandi. Uning qarorgohi Yerevan shahrida joylashadi. Bu haqda Arminfo agentligi mamlakat prezidenti Vaagn Xachatryan farmoniga tayanib xabar berdi.
Armaniston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida keltirilishicha, Kocharyan bungacha Yevroosiyo mintaqasi ishlari boʻyicha departament rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Armanistonning Oʻzbekistondagi avvalgi elchisi Aram Grigoryan boʻlib, u 2019-yil iyun oyidan beri diplomatik missiyaga rahbarlik qilib kelgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring