Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyor — Pashinyan

11:12 23 May 2023 Dunyo
845 0

Bosh vazir “agar arman aholisi xavfsizligi ta’minlansa, mintaqani Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini” ta’kidlab, Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasi matni bo‘yicha tez orada kelishuvga erishilishiga umid bildirgan.

Aslini olganda, Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjonning bir qismi, lekin u yerda mintaqa aholisining ko‘pchiligi arman.

Qorabog‘ mojarosi 1988 yil fevralida Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati Ozarboyjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilgan paytda boshlangan bo‘lsa, mana 30 yildan oshibdiki, ikki davlat ushbu hududni talashib keladi.

1992-1994 yillardagi qurolli toʻqnashuvlar natijasida Ozarboyjon Togʻli Qorabogʻ va unga tutash yetti viloyat ustidan nazoratni yoʻqotdi.

2020-yil sentabr oyida Tog‘li Qorabog‘da jiddiy jangovar harakatlar qayta boshlandi. Tinch aholi orasida talofatlarga olib keldi. Sulh tuzishga bo‘lgan uchta urinish muvaffaqiyatsiz tugadi, biroq 10-sentabrga o‘tar kechasi Boku va Yerevan Moskva vositachiligida tinchlik shartnomasini imzoladilar.

O‘tgan yili esa Armaniston va Ozarboyjon Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер