Argentinalik murabbiy: Messini terma jamoadan chetlatish kerak
Argentina birinchi divizionida faoliyat olib boruvchi murabbiy Karuso Lombardi terma jamoa sardori Lionel Messi haqida keskin fikr bildirdi, deya xabar tarqatdi Marca nashri.
“Messi terma jamoada yetti murabbiyning “boshiga yetdi”. Menga u xuddi Sampaoliga bosim o‘tkazish uchun ataylab yomon o‘yin ko‘rsatayotgandek tuyulmoqda. Messini terma jamoadan chiqarib yuborish kerak. Uning uchun terma jamoa taqdiri bir tiyin, faqat bosh murabbiy bilan kurashda g‘alaba qozonsa bas. Lionel har doim eng yaxshi o‘yinchilar bilan emas, o‘ziga eng ko‘p yoqadigan o‘yinchilar orasida to‘p surishni istagan”, - deya Lombarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ispan nashri.
Izoh o‘rnida aytish joiz, Messi Argentina termasiga to‘p so‘rayotgan(2005 yil)dan beri jamoada 7 nafar bosh murabbiy almashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring