AQSHning sobiq vitse-prezidenti Trampning harakatlarini fashistlar Germaniyasi harakatlariga qiyosladi

16:05 22 Aprel 2025 Dunyo
354 0

Arxiv foto

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Albert Gor prezident Donald Tramp maʼmuriyatining harakatlarini fashistlar Germaniyasi harakatlariga qiyosladi. Bu haqda “Politico” nashri Gorning San-Fransiskodagi iqlim haftaligida soʻzlagan nutqiga tayanib yozdi.

“Gor Tramp maʼmuriyati 1930 va 40-yillardagi Adolf Gitlerning natsistlar partiyasi singari oʻzining asosiy maqsadlariga erishish uchun oʻzi afzal koʻrgan voqelik versiyasini yaratishga urinayotganini aytdi”, — deyiladi gazetada.

Shu bilan birga, sobiq vitse-prezident AQSH maʼmuriyatini “alohida yovuzlik”ni ifodalovchi Uchinchi Reyx bilan solishtirish notoʻgʻriligini tushunishini taʼkidladi.

“Biroq, dunyo fashistlar tarixining saboqlarini yodda tutishi kerak”, — deydi u.

Gor 1993-yilning 20-yanvaridan 2001-yilning 20-yanvariga qadar, AQSHni Bill Klinton boshqargan davrda vitse-prezident boʻlgan.

U 2007-yilning 12-oktyabr kuni Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhi bilan birgalikda atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha tadqiqotlari uchun Tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

“Reuters” agentligi “Ipsos” tadqiqot kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, Donald Trampning reytingi 42 foizga tushib ketgani maʼlum boʻlgandi. Bu uning prezidentlikka qaytganidan beri eng past koʻrsatkichidir.

Trampni maʼqullash reytingi bir necha oy ichida besh foiz punktga tushib ketgan. Yaʼni yanvar oyida lavozimga kirishganidan soʻng reyting 47 foizni tashkil etgan boʻlsa, aprel oyi boshida bu raqamlar 43 foiz darajasida qolgandi.

Soʻrov shuni koʻrsatganki, amerikaliklarning qariyb 60 foizi mamlakat amaldagi prezident davrida xalqaro ishonchni yoʻqotmoqda, deb hisoblaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер