AQSHning yirik harbiy kemasi Odessa portiga kirib keldi
AQSHning “Hamilton” nomli harbiy kemasi 10-may kuni ertalab Ukrainaning Odessa portiga kirib kelgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Kema 10-may kuni, ertalab soat 8:30da Odessaga yetib kelgan. Bungacha amerikalik dengizchilar ukrainaliklar bilan birgalikda Qora dengizda odatdagi rus kemalariga qarshi manevrlar bilan mashqlar oʻtkazgan edi. Oldinroq “Hamilton” Turkiya va Gruziya kemalari bilan ham mashqlar oʻtkazgani va Batumi portiga kirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Maʼlum qilinishicha, “Hamilton” kemasi aprel oyining boshida AQSHni tark etib, Atlantika okeanini kesib oʻtgan va Amerikaning Ispaniyadagi harbiy-dengiz bazasiga yetib kelgan. Harbiy kemaning ekipaji 111 kishidan iborat va uning uzunligi 127 metrni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring