AQSHning gipertovushli qurollarini sinovi gʻayritabiiy vaziyat tufayli qoldirildi

03:03 22 Oktyabr 2021 Dunyo
1043 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlarida gipertovushli qurollarning sinovlari kechiktirildi. Bunga ushbu qurol tashuvchi raketani ucha olmagani sabab boʻlgan. Bu haqda “Reuters” oʻz manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ushbu sinovda gipertovushli qurolning jangovar blogining individual elementlarining ishlashini kuzatish koʻzda tutilgan edi. Chunki u hali ham ishlab chiqish jarayonida.

Oldinroq, “Reuters” AQSH gipertovushli qurollarning bir qancha prototiplarining sinovlarini muvaffaqiyatli oʻtkazgani haqida xabar bergan edi. Oʻz navbatida, Pentagon uchta sinov muvaffaqiyatli oʻtganini tan olgan.

2021-yilning yozida Xitoy gipertovushli qurollarning ikkita sinovini oʻtkazgani maʼlum boʻlgan edi. Bu esa Pentagon va AQSH razvedkasini hayratda qoldirdi. Chunki Xitoy amerikaliklarda yoʻq boʻlgan mutlaqo yangi qurol-yarogʻni namoyish qila olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер