AQSHning Eurasianet nashri Fargʻonadagi 5 nafar farzand tarbiyalayotgan Valiyevlar oilasi misolida yetimlarni parvarish qilish toʻgʻrisida maqola chop etdi
Foto: Халқ сўзи
Amerikaning Eurasianet nashri Fargʻonadagi 5 nafar farzand tarbiyalayotgan Valiyevlar oilasi misolida yetimlarni parvarish qilishning yangi tizimi haqida maqola chop etdi. Ularning barchasi Oʻzbekiston prezidentining yetim bolalarni tarbiyalash tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi farmoni kuchga kirganidan soʻng, tugatilgan Margʻilondagi Mehribonlik uyidan tarbiyaga olingan.
Davlat muassasalaridan kichik oilaviy bolalar uylariga oʻtish uzoq kutilgan va istiqbolli qadam boʻlib, eskirgan sovet tuzumidan voz kechishni anglatadi. Oilaviy bolalar uylarini tashkil etayotgan ota-onalarga davlat tomonidan moddiy va boshqa yordam koʻrsatiladi. Buning natijasida Oʻzbekistonning toʻrtta hududida davlat tasarrufidagi barcha bolalar uylari tugatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring