AQSHning eng masʼuliyatli ish beruvchisi nomi eʼlon qilindi
Bill Geyts tomonidan asos solingan “Microsoft” ketma-ket uchinchi marotaba Qoʻshma Shtatlardagi 100 ta eng masʼuliyatli korporatsiyalari yillik reytingida birinchi oʻrinni egalladi.
“Forbes” xabariga koʻra, yangilangan roʻyxatning birinchi beshligidan “Microsoft” dan tashqari “NVIDIA”, “Apple”, “Intel” va “Alphabet” joy olgan.
“Forbes” reytingni “Just Capital” notijorat tashkiloti bilan birgalikda “Russell 1000” indeksidagi AQSHning 928 ta eng yirik davlat korporatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqqan.
Ochiq korporativ hisobotlar hamda izlanishlardan tashqari, reytingni tuzishda 110 ming amerikaliklar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari ham inobatga olingan.
Joriy yilda toʻrtinchi marotaba eʼlon qilinayotgan “Just100” reytingida 2017-yilda “Intel” birinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng “Microsoft” ketma-ket uch yil davomida ushbu pogʻonani qoʻldan bermay kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring