AQSHdagi universitetlardan birida sodir boʻlgan otishmada ikki kishi halok boʻldi
Foto: AP
AQSHdagi Janubiy Karolina shtati universiteti kampusida sodir boʻlgan otishmada ikki kishi halok boʻldi va yana kamida bir kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar tarqatdi.
Hodisa kecha kechqurun “Hugine Suites” turar-joy majmuasida sodir boʻlgan. Universitetda mahalliy vaqt bilan soat 21:15 atrofida favqulodda holat eʼlon qildi, bu hali ham davom etmoqda.
Janubiy Karolina huquqni muhofaza qilish departamenti hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Manbada halok boʻlganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
Bugun universitetdagi darslar bekor qilindi va talabalarga psixologik maslahat berilmoqda.
Otishma sodir etgan shaxs va uning niyatlari haqida maʼlumot hali eʼlon qilinmagan.
2025-yilning 13-dekabr kuni AQSHning Rod-Aylend shtati Providens shahridagi Braun universitetida sodir boʻlgan otishma oqibatida jami ikki kishi, jumladan oʻzbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov ham halok boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring