AQSHdagi savdo markazlaridan birida yuz bergan otishmada toʻqqiz kishi halok boʻldi
Foto: Unsplash.com
AQSHning Texas shtati, Allen shahridagi savdo markazida yuz bergan otishma oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi, yana yetti kishi tan jarohati oldi.
Bu haqda politsiya maʼlumotlariga tayanib, "CBS" telekanali xabar bermoqda.Qutqaruvchilar toʻqqiz nafar jabrlanuvchini voqea joyida topgan.
Ulardan ikki nafari vafot etgan. Yana uch nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda. Manbaga koʻra, oʻt ochgan shaxs ham halok boʻlgan.
“Fox News“ telekanali maʼlumotiga koʻra, otishma ”Allen Premium Outlets“ savdo markazida yuz bergan. Ammo ushbu manba halok boʻlganlar va jabrlanganlar haqida aniq raqamlarni keltirmadi.
Savdo markaziga tashrif buyurganlardan biri 30 ga yaqin oʻq ovozini eshitganini aytgan. Otishma sodir etgan shaxs huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan.
Oldinroq, Serbiya poytaxti Belgrad shahri markazidagi maktablardan biriga voyaga yetmagan bola qurol bilan kelib bilan oʻt ochib, kamida toʻqqiz kishini umriga zomin boʻlgani haqida xabar bergan edik. Ushbu voqea sabab Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaatida hukumatni mamlakatda oʻlim jazosini qaytarishga chaqirganini aytdi.
“Men Bosh vazirga [Ana Brnabichga] oʻlim jazosini qaytarishni taklif qildim, biroq u va hukumat bunga qarshi. Chunki agar shunday boʻlsa biz va Belarus Yevropada oʻlim jazosiga ega mamlakatlar boʻlamiz”, deydi Vuchich. Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakat “juda aqlli boʻlmagan” konvensiyalar tufayli bunga erisha olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring