AQSHdagi oʻzbek shifokori: “Biz Oʻzbekistonga befarq emasmiz...”
Shu kunlarda AQSH va Kanadadagi bir guruh vatandoshlarimiz Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ishlariga koʻmak berish maqsadida Oʻzbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazish uchun mablagʻ yigʻishmoqda.
Bu haqda Kanadada koronavirusga qarshi kurashayotgan oʻzbekistonlik shifokor Obidxon Mamadaliyev maʼlum qildi.
“Juma kuni Vashingtondagi bosh konsulimiz Faxriddin Moʻminov “Biz Oʻzbekistonga befarq emasmiz” fondi tuzilganligini bildirdi. Men shu zahoti barcha maʼlumotlarni olib, AQSH va Kanadada istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklarga yetkazishni boshladim.
Shu kunning oʻzida oʻzbek oilalaridan xayriya mablagʻlari kelib tusha boshladi.
Xususan, Albert provinsiyasining Red Diir shahrida yashovchi Rasul Majidovlar oilasi, Dilsora Fozilova va bir guruh vatandoshlarimiz bu tashabbusga qoʻshildi. Oilam, tibbiyot oliygohi talabalari boʻlgan farzandlarim ham bunga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Hozirga qadar taxminan 150 kishidan 21 000 AQSH dollari miqdorida mablagʻ yigʻildi.
Biroq, hali bu davom etadi. Yigʻilgan mablagʻlar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazib beriladi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring