AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi
Foto: Reuters
Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.
Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.
“Tinchlaning, ahmoqlar!” — deb yozdi Makgregor oʻzining “X” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun “oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini” taʼkidlagan soʻzlariga javoban.
Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha muzokaralar erta boshlanishiga umid bildirgan edi. Bu haqda Davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Kurt Kempbell bayonot bergandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring