AQSHda Trampning Eron bilan urush borasidagi vakolatlarini cheklashga yana urinib koʻrishmoqchi
AQSHda kelasi hafta Eron bilan urushni toʻxtatishga qaratilgan rezolyutsiyani qabul qilishga yana bir bor urinib koʻriladi. Bu haqda Reuters agentligi AQSH Senatidagi Demokratik partiya yetakchisi Chak Shumerga tayanib xabar bermoqda.
Shumerning taʼkidlashicha, demokratlar prezident Donald Trampni har qanday keyingi harbiy harakatlar uchun Kongressdan ruxsat olishga majburlovchi tartibni joriy etishga intiladi.
Demokrat Eronga qarshi harbiy nizoni tanqid qilib, bu Islom Respublikasi hukumatini zaiflatmaganini, yadroviy dasturni toʻxtatib qolmaganini va jahonda yonilgʻi narxlarining oshishiga olib kelganini aytdi. U Trampning bayonotlarini “noadekvat” deb atadi.
Eslatib oʻtamiz, mart oyining oʻrtalarida AQSH Senati demokratlarning Trampning harbiy vakolatlarini cheklash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini ikkinchi bor rad etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring