AQSHda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor
Arxiv foto
AQSHning Ogayo shtatidagi Xaulend yaqinida “Cessna 441” rusumli yengil samolyoti qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki ekipaj aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda “Fox 8” telekanli mahalliy hokimiyatga tayanib xabar tarqatdi.
“Yakshanba kuni erta tongda Xaulend shahridagi uy orqasiga qulagan samolyot halokatidan omon qolganlar yoʻq”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, samolyot Montana shtatidagi Bozmen shahriga yoʻl olgan, biroq havoga koʻtarilganidan 7 daqiqa oʻtib halokatga uchragan.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, hozirda samolyot nima sababdan qulagani aniq emas. AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi va Federal aviatsiya maʼmuriyati hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring