AQSHda rekord: Har daqiqada bitta odam vafot etyapti
AQSHda koronavirus qurbonlar soni oʻtgan bir kecha-kunduzda 1965 tani tashkil etdi. Bu yangi antirekord sanaladi, deyiladi Jons Xopkins universiteti maʼlumotida.
COVID-19 tufayli jami 14 768 kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu koʻrsatkich bir kun oldin 12 803 nafarni tashkil etgandi.
Koronavirusni yuqtirganlar soni 431 ming kishiga yetdi, 23 ming kishi tuzaldi.
Avvalroq AQSH prezidenti yaqinda 100 mingdan 200 minggacha odam vafot etishi mumkinligini aytib, aholini eng mashaqqatli haftalarga tayyor turishga chaqirgandi.
Eslatib oʻtamiz, AQSH koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring