AQSHda koronavirusning kelib chiqishini aniqlovchi dalillar mavjud — "The New York Times"

15:26 28 May 2021 Dunyo
1192 0

Illyustrativ foto

AQSH razvedka xizmatlarida koronavirus manbasini aniqlashda yordam beradigan baʼzi maʼlumotlar mavjud, deb yozmoqda "The New York Times".

Nashrning yozishicha, razvedka ushbu holat boʻyicha hali oʻrganilmagan maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan va uni yaxshiroq tahlil qilish uchun tadqiqotlar oʻtkazish zarur.

Gazetaga koʻra, bu yerda gap Uxan shahridagi laboratoriya ishchilarining harakati va u yerda koronavirus virusi tarqalishi kabi maʼlumotlar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Oq uy AQSH ittifoqchilaridan laboratoriya va uning ishi toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot olish uchun oʻz ittifoqchilarining razvedka tarmoqlariga kirib borishini kutmoqda.

Avvalroq AQSH razvedkasi Uxan virusologiya institutining kamida uch nafar olimi 2019-yil noyabr oyida ogʻir xastalikka chalinganligini haqida dalillarga egaligi haqida maʼlum qilgan edi.

Maxfiy maʼlumotlarga koʻra, Uxan virusologiya institutining uch nafar tadqiqotchisi shu qadar ogʻir kasalga chalinadiki, ular kasalxonada davolanishga majbur boʻlishgan.

2019-yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan kasallik avj oldi. U dastlab Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan. 2020-yilning 11-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi. 29-mart kuni Xitoy koronavirus epidemiyasi tugaganligini eʼlon qildi.

Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus laboratoriyadan chiqarilgan boʻlishi mumkin degan farazni istisno qilmagan holda bayonot berdi

Xitoy tomoni AQSH rahbarining bu bayonotini tuhmat deb bilishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер