AQSHda goʻsht ishlab chiqarish uchun dunyodagi eng katta reaktorlar barpo etiladi
Illyustrativ foto
“Good Meat” goʻsht ishlab chiqarish uchun dunyodagi eng yirik bioreaktorlarni quradi
«Good Meat“ sunʼiy goʻsht yetishtirish uchun AQSHda dunyodagi eng yirik bioreaktorlarni qurish rejalarini eʼlon qildi. “Hayvonlardan farqli oʻlaroq, mahsulot sayyora uchun xavfsizdir”, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.
Bioreaktorlar yiliga 13 ming tonnadan ortiq tovuq va mol goʻshti ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Goʻshtni tayyorlash uchun chorva mollarini soʻyishni talab qilinmaydi. Buning uchun tuxumdan olingan hujayralardan foydalaniladi. Kompaniya har birining quvvati 250 ming litr boʻlgan 10 ta toʻrt qavatli reaktor quradi. Ishlab chiqarish obyekti 2024-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi.
AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi mamlakatda sunʼiy goʻshtni sotishga hali ruxsat bermagan. Shunga qaramay kompaniya allaqachon ariza bergan.
Qayd etilishicha, “Good Meat” tabiatga gʻamxoʻrlik qilishni xohlaydi, chunki metan chiqindilari yirik qoramollar bilan ham bevosita bogʻliq.
“Bu bizga goʻshtni tabiatga hech qanday zarar yetkazmasdan, oʻrmonlarni kesmasdan, hayvonlarni soʻymasdan, antibiotiklardan foydalanmasdan isteʼmol qilish imkonini beradi hamda zoonoz kasalliklarini tarqalishidan qochishga yordam beradi”, deydi tadbirkor Josh Tetrik.
Avvalroq amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio sunʼiy goʻsht ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan edi. U “Neat Food Co” kompaniyasining strategik investoriga aylandi va oʻz qarorini atrof-muhit muammolari bilan bogʻladi. Ushbu kompaniya 2019-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelmoqda va uning asoschilaridan biri “Formula 1” poygachisi Lyuis Xemilton hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring