AQSHda Eron bilan urushni toʻxtatish toʻgʻrisidagi rezolyutsiya rad etildi

21:39 16 Aprel 2026 Dunyo
245 0

AQSH Kongressi Senati Amerika maʼmuriyatiga Eronga qarshi harbiy harakatlarni toʻxtatish vakolatini beruvchi rezolyutsiyani rad etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Hujjatni 47 nafar qonunchi qoʻllab-quvvatladi, 52 nafari esa qarshi chiqdi. Avvalroq shunga oʻxshash rezolyutsiya Kongressning Vakillar palatasida ham toʻsib qoʻyilgan edi.

“AQSH Konstitutsiyasi urush eʼlon qilish vakolatini prezidentga emas, balki Kongressga beradi. Shunga qaramay, soʻnggi oʻn yilliklarda Amerika yetakchilari qonunchilar tomonidan xorijda harbiy kuch ishlatish uchun berilgan ruxsatlarni juda keng talqin qilib kelishmoqda, jumladan, aslida mutlaqo yangi boʻlgan operatsiyalarni boshlash uchun ham”, — deb yozadi TASS.

Soʻnggi oylarda Kongress aʼzolari Prezident Donald Trampga Eronga qarshi harbiy kuchni faqat qonunchilik hokimiyatining ruxsati bilan ishlatish majburiyatini yuklovchi rezolyutsiyalarni tayyorlab kelayotgan edilar. Ushbu hujjatlarning birortasi ham qabul qilinmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер