AQSHda COVID-19dan 100 ming inson vafot etishi mumkin

22:50 05 May 2020 Dunyo
1497 0

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus qurbonlari boʻyicha yangi prognozini eʼlon qildi. U bu haqda Fox News jurnalistlariga gapirib oʻtgan.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 100 ming nafari hayotdan koʻz yumishi mumkin. Bu oʻtgan galgi prognozlardan ancha koʻpdir.

“Biz 75-80 mingdan 100 ming nafargacha insonlarni yoʻqotamiz“, — deya buni “dahshatli holat“ deb atagan Tramp.

Oq uy rahbari 15-aprel kuni AQSHda koronavirus choʻqqisi ortda qolganini eʼlon qilgandi. Keyinroq esa qurbonlar soni 60-65 ming nafarga yetishi, agar hukumat hech narsa qilmaganida, 2,2 mln. kishi dunyodan koʻz yumishi mumkinligini taʼkidlagandi.

Ayni paytga kelib dunyoda tojdor virusga chalinganlar soni 3,5 mln. atrofida boʻlsa, shularning uchdan bir qismi AQSHdadir. Mamlakatda 70 mingdan ziyod inson vafot etgan, 160 mingdan ortigʻi tuzalgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер