AQSHda chegarani noqonuniy kesib oʻtganlarga boshpana berish vaqtincha taqiqlandi
Prezident Jo Bayden AQSH janubiy chegarasini, yaʼni Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib oʻtgan migrantlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu immigratsiya xizmati xodimlariga mamlakatda noqonuniy boʻlgan odamlarni AQSHdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi.
Darhol kuchga kirgan taqiq choralari doimiy ravishda qoʻllanilmaydi. OAV maʼlumotlariga koʻra, hafta davomida har kuni chegarada 2500 dan ortiq odam qoʻlga olinsa, taqiqlovchi choralar joriy etiladi. Chegarada kunlik qoʻlga olishlar soni 1500 tadan kamayganda, bu choralar bekor qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring