AQSHda bir dvigatelli samolyot qulab tushdi, qurbonlar bor (+video)

14:04 04 May 2025 Dunyo
307 0

3-may, shanba kuni Janubiy Kaliforniya osmonida parvoz qilayotgan kichik, bir dvigatelli samolyot qulab tushgan. “Vanning RV-10” rusumli ushbu samolyot qulashi oqibatida ikki nafar shaxs halok boʻlgan. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, samolyot bortida ikki nafar uchuvchi hamda bitta it boʻlgan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da qulagan hamda hududdagi ikkita uyga zarar yetkazgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea oqibatida uy ichida boʻlganlar jabrlanmagan.

Hudud politsiyasining taʼkidlashicha, samolyot qulashi oqibatida yongʻin kelib chiqqan. Oʻt oʻchiruvchilar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yongʻinni bartaraf etishgan.

“Qulagan samolyot deyarli yoʻq boʻlib ketgan. Zarar yetgan ikki uyning egalari hududdan evakuatsiya qilindi. Hozirda bu uylar yashashga yaroqli emas. Yetarli darajadagi taʼmirlash ishlaridan soʻng uy egalari qaytib kelishlari mumkin boʻladi”, — deydi hudud politsiyasi xodimi Keysi Nikolson.

Milliy transport xavfsizligi kengashi tergovchilari shanba kuni sodir boʻlgan fojia yuzasidan allaqachon tekshiruvlarni boshlab yuborgan. Dastlabki tafsilotlar bugun, 4-may kuni bayon qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер