AQSHda 45 yoshli ayol bir yil ichida toʻrt marta ona boʻldi
Illyustrativ foto
AQSHda yashovchi Treysi ismli 45 yoshli ayol 13 oy ichida toʻrt nafar farzandli boʻldi. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.
Ayolning soʻzlariga koʻra, uning 10 yoshga toʻlgan oʻgʻli oʻzini yolgʻiz his qilgan va doim ukasi yoki singlisi boʻlishini istagan. Shundan soʻng u surrogat ona xizmatidan foydalanishga qaror qiladi. Shartnoma imzolanda esa oʻzi ham homiladorligi maʼlum boʻladi. Surrogat ona egizaklar Piper hamda Preslini dunyoga keltiradi. Oʻzi esa qizli boʻladi va unga Xarlou ismini qoʻyadi.
Oʻsha yili Treysi yana homilador boʻladi. Uning kenja oʻgʻli homiladorlikning 29-haftasida, yaʼni muddatidan oldin tugʻiladi. Shunga qaramay, ota-ona chaqaloqqa gʻamxoʻrlik qiladi va u mutlaqo sogʻlom oʻsgan.
“Bu ajoyib sarguzasht. Mening besh farzandim — bir oʻsmir hamda toʻrtta maktabgacha tarbiyalanuvchim bor va biz Nyu-Yorkning qoq markazida yashaymiz!” deydi ayol.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring