AQSH yadroviy qurollar uchun 17 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratmoqchi
Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari 2023-yilda yadroviy qurollar uchun 17 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratmoqchi.
AQSH rasmiylari mamlakat yadroviy arsenaliga 17 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratmoqchi. Bu haqda AQSHning 2023-yilgi byudjeti loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga koʻra, ular yadroviy xavfsizlik dasturlari uchun 22,1 milliard dollar ajratishni rejalashtirgan. Shundan 17,1 milliardga yaqini yadroviy qurollarga, 2,5 milliardi yadroviy qurollarni tarqatmaslik masalalariga, 2,1 milliardi dengiz reaktorlariga yoʻnaltiriladi.
Kelgusi yil byudjeti loyihasi AQSH Kongressining ikki palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shundan soʻng uni AQSH prezidenti Jo Bayden imzolaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring