AQSH Ukraina bilan qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasini muhokama qilayotganini tasdiqladi

22:48 19 Fevral 2023 Dunyo
1159 0

Foto: Reuters

AQSHning BMTdagi vakili Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, Vashington Kiyevning qurolga muhtojligini muntazam muhokama qiladi.

“Biz ukrainaliklar bilan yaqindan va toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilib, ularga nima va qachon kerakligini aniqlash hamda ular biz taqdim etgan qurol tizimlaridan foydalanishga oʻrgatilganligiga ishonch hosil qilish uchun ishlayapmiz. Bu munozaralar davom etmoqda”, dedi Tomas-Grinfild.

Shuningdek, u AQSH Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni topshirishni istisno qiladimi, degan savoliga javob berdi. 

Tomas-Grinfild oʻz javoblarida jangovar mashinalarni tilga olmagan. Ammo u Ukrainaga yerda foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish mumkin boʻlmagan tizimlarni taqdim etishda yordam bermasligini aytgan. 

Doimiy vakilning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan voz kechish niyatida emas va zaruriy harbiy imkoniyatlar haqida munozaralar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер