AQSH uchuvchisini qutqarish uchun Eronga maxsus kuchlarni yubordi
AQSH Eron hududida urib tushirilgan qiruvchi samolyot uchuvchilaridan birini qidirish uchun maxsus kuchlarni yuborilgan. Bu haqda Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Nashr maʼlumotiga koʻra, samolyot ekipajining ikki aʼzosi katapulta orqali sakrab tushgan. Bu esa Tehron va Vashington oʻrtasida uchuvchilarni birinchi boʻlib topish boʻyicha raqobatni yuzaga keltirgan.
Xabarda aytilishicha, uchuvchilardan biri Amerikaning 2 ta harbiy vertolyoti va past balandlikda parvoz qiladigan yonilgʻi quyish samolyoti ishtirokidagi operatsiya orqali qutqarib olingan.
Avvalroq Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi AQSH va Isroil bilan ziddiyat boshlanganidan buyon ikkinchi F-35 qiruvchi samolyoti urib tushirilganini maʼlum qilgan edi.
Tasnim agentligi dastlab katapulta orqali tushgan uchuvchi asirga olingan boʻlishi mumkinligini yozgan. Keyinchalik esa Tehron uchuvchini ushlash uchun mukofot eʼlon qilgani haqida xabarlar tarqaldi, bu esa avvalgi maʼlumotlarga zid keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring