AQSH Rossiyani qattiq jazolashga chaqirmoqda

23:54 28 May 2021 Dunyo
1405 0

Arxiv surat

AQSH Senatining Razvedka qoʻmitasi raisi Mark Uorner "Microsoft"ning ommaviy xakerlik hujumi haqidagi xabarlaridan soʻng Rossiya va boshqa mamlakatlarni kiberhujumlar ortida boʻlgan taqdirda qattiq jazolashga chaqirdi

«Ular bu va boshqa kiberolamdagi har qanday zararli harakatlar uchun jiddiy jazoga duch kelishadi», dedi Uorner Vashingtonning bu borada oʻz mudofaasini kuchaytirishi kerakligini taʼkidlab.

Avvalroq, “Microsoft” vitse-prezidenti Tom Bert shu hafta xorijiy davlat idoralari va tahlil markazlariga ommaviy hujumlar haqida eʼlon qildi. 

Bertning soʻzlariga koʻra, Rossiya xakerlari, u yoki bu tarzda "SolarWinds"ga amalga oshirilgan hujumga bogʻliq boʻlishi mumkin.

2020-yil boshida AQSH Moliya vazirligi va Milliy telekommunikatsiya va axborot maʼmuriyati tizimlariga xakerlik hujumi uyushtirildi, serverlardagi maʼlumotlar oʻgʻirlandi. Ushbu hujumdan Milliy xavfsizlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat departamentiga ham taʼsir koʻrsatdi. Vashington voqeada rus xakerlarini aybladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер