AQSH prezidentining ukasi vafot etdi
AQSH prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
Bemor bugun Nyu-York shahrida vafot etgan.
“Bugun tunda mening ajoyib ukam Robert vafot etganini chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilaman. U shunchaki uka emas, mening eng yaxshi doʻstim ham edi. Robertning oʻrni juda bilinadi, ammo biz hali uchrashamiz. Uning xotirasi qalbimda abadiy qoladi. Rober men seni yaxshi koʻraman”, - deb yozgan Donald Tramp.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring