AQSH prezidentining haykali anomal issiqdan erib ketdi
Foto: Getty images / Telegram
Amerika Qoʻshma Shtatlarining 16-prezidenti Avraam Linkoln memorialining 6 futlik mum haykali anomal issiqdan erib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, avvaliga haykalning boshi, keyin bir oyogʻi haddan tashqari issiqlik tufayli erib, tomchilay boshlagan.
Yodgorlik Vashingtondagi Barker Kampi — fuqarolar urushi davridagi qochqinlar (afroamerikaliklar) lagerida oʻrnatilgan boʻlib, hozirda mazkur hududda boshlangʻich maktab joylashgan.
U virjiniyalik rassom Sandy Uilyams IV tomonidan yasalgan mum haykallar seriyasining bir qismi sifatida bino boʻlgan.
Manbaga koʻra, hozirda haykalni qayta taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring