AQSH Oʻzbekistonning diniy erkinliklarni ilgari surish va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi

15:57 07 Noyabr 2022 Siyosat
485 0

Foto: Халқ сўзи

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari vakillari, jumladan, Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha AQSH komissiyasi (USCIRF) rahbariyati, shuningdek, Institut Global Engagement (IGE) va Xelsinki Komissiyasi ekspertlari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha AQSH komissiyasining doimiy aʼzolari Erik Uhland, Stiven Shnak va Frenk Vulf hamda USCIRFning boshqa vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekistonda diniy erkinlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

Xususan, diniy erkinlikni taʼminlash sohasidagi islohotlar va diniy tashkilotlarga oid qonunchilikni liberallashtirish Amerika tomoni bilan atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijalari alohida taʼkidlandi.

Komissiya aʼzolari Oʻzbekistonda diniy erkinlikni taʼminlash sohasidagi vaziyatni yaxshilash boʻyicha salmoqli saʼy-harakatlar amalga oshirilganini eʼtirof etdilar. Ular bu boradagi islohotlarni davom ettirish, qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi saʼy-harakatlarga umid bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar diniy erkinliklarni himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun doimiy ishchi muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер