AQSH Xitoyning 28 ta kompaniyasini «qora roʻyxat»ga kiritdi
Foto: AP
AQSH Savdo vazirligi 28 Xitoy kompaniyasini qora roʻyxatga kiritdi. Bu haqda Britaniyaning “Financial Times” gazetasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, bunday qarorga kompaniyalar tomonidan, kutilgandek, raketa va yadro qurollarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlarni uchinchi mamlakatlarga joʻnatish sabab boʻlgan. Agentlik endilikda Amerika kompaniyalariga sanksiyaga uchragan yuridik shaxslarga AQSHda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berishni taqiqlaydi.
Nashrga koʻra, Savdo vazirligining yangi sanksiyalari, jumladan, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasini modernizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek texnologiyalarni Rossiyaga chiqib ketmaslik istagini har tomonlama aks ettiradi.
Avvalroq, Jo Bayden Vashingtonda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashib, Xitoyga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni muhokama qilishi maʼlum boʻlgan edi. Amerika prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning soʻzlariga koʻra, uchrashuv chogʻida “XXR tomonidan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish boʻyicha hamkorlikda ish olib boriladi”.
Uning soʻzlariga koʻra, fon der Lyayenning AQSH poytaxtiga safari 10-martga belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring