AQSH Xitoy Rossiyaga yordam bersa jiddiy oqibatlarga duch kelishi bilan tahdid qildi

01:45 19 Aprel 2022 Dunyo
962 0

Foto: АР

Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bersa yoki sanksiyalarni chetlab oʻtishga yordam bersa, jiddiy oqibatlarga duch keladi. Bu fikrlarni AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays aytib oʻtdi.

“Agar Xitoy Xalq Respublikasi Rossiyaga qurol yetkazib berish ustida ishlasa, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab oʻtishga yordam bersa, bu nafaqat biz tomondan, balki ittifoqchi hamkorlarimiz tomonidan ham jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deydi Prays.

Avvalroq, AQSH moliya vaziri oʻrinbosari Uolli Adeyemo Rossiyaga qarshi sanksiyalarning navbatdagi nishoni harbiy-sanoat kompleksi ekanligini maʼlum qilgan edi.

Bungacha Qoʻshma Shtatlar ittifoqchilari bilan birgalikda Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” yakunlanmaguncha Rossiyaning iqtisodiy, moliyaviy va strategik yakkalanishini kuchaytirish niyatida ekani xabar qilingandi. Bu haqda moliya vaziri Janet Yellen Vashingtondagi chiqishi chogʻida aytib oʻtgandi.

Yellenning soʻzlariga koʻra, Kreml Rossiya iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash yoki Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ni moliyalashtirish oʻrtasidagi tanlov oldida qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер