AQSH Xitoy oʻz harbiy sohasini modernizatsiya qilishidan xavotirda — Oq uy
Foto: Global Look Press
AQSH Xitoy oʻz harbiy sohasi modernizatsiya qilishini xavotir bilan kuzatmoqda va buni mintaqaviy barqarorlikka tahdid deb biladi. Ushbu fikrlarni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki aytib oʻtdi.
Psaki bu bilan AQSH Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Mark Millining Xitoy gipertovushli raketalarining uchirilishini SSSRda “Sputnik 1” uchirilishi bilan solishtirish mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
«Oʻylaymanki, Milli Xitoy oʻz harbiy sohasini modernizatsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan xavotirni bildirdi. Ular mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi imkoniyatlar ustida ishlashda davom etmoqda va biz bundan xavotirdamiz», dedi Psaki.
Oktyabr oyi oʻrtalarida OAV Xitoy avgust oyida gipertovushli yadroviy raketani sinovdan oʻtkazgani haqida xabarlar tarqatdi. Unga koʻra, Xitoyning gipertovushli raketasi Yerni past orbitali fazo boʻylab aylanib chiqib, moʻljaldagi nishonga deyarli tekkan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring