AQSH Finlyandiyadagi toʻrtta aviabaza va bitta dengiz bazasidan foydalanish huquqiga ega boʻladi
Bu Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xakkanen va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan Vashingtonda imzolangan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasida qayd etilgan. Finlyandiya umumiy hisobda amerikalik harbiylar uchun 15 ta obʼekt, jumladan kazarmalar, oʻquv poligonlari va omborlardan foydalanish imkonini taqdim etadi.
Shartnoma kuchga kirishi uchun avval Finlyandiya parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Avvalroq Putin Finlyandiyaga NATOga qoʻshilishi munosabati bilan “muammolar” bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Leningrad harbiy okrugini tashkil etishi va u yerda maʼlum harbiy qismlarni toʻplashini aytgan edi.
Finlyandiya Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin NATOga aʼzo boʻlishga qaror qildi. Natijada Rossiya Federatsiyasining alyans bilan chegarasi ikki baravar koʻpaydi va 2600 km ga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring