AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Henik AQSHda noqonuniy boʻlib turgan oʻzbekistonliklarni Vataniga qaytishga chaqirdi.
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.
“Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin”, degan Jonatan Henik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring