AQSH Afgʻonistondan evakuatsiya qilinganlarning sonini ochiqladi
Foto: AP
Iyul oyining oxiridan beri AQSH harbiy samolyotlari Afgʻonistondan 12 mingga yaqin Amerika va Afgʻoniston fuqarolarini evakuatsiya qilgan.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kyorbi aytib oʻtdi. Maʼlum qilinishicha, evakuatsiya qilinganlarning aksariyati poytaxt Kobuldan.
Oʻz navbatida, "Reuters" axborot agentligi oʻz manbalariga tayanib bu yerdan 7 mingga yaqin odam olib chiqilganini maʼlum qildi.
Oldinroq, AQSH Davlat kotibining oʻrinbosari Vendi Sherman evakuatsiya rejalari bilan oʻrtoqlashgan edi. Uning aytishicha, Vashington immigratsion vizani (SIV) olish uchun maxsus rejimga murojaat qilgan 22 ming kishini olib chiqmoqchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring