AQSH Afgʻonistondagi missiya davomidagi yoʻqotishlar haqida maʼlumot berdi
Foto: Reuters
AQSHning Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik missiyasi davomida 2 mingdan ziyod amerikalik askar va tinch aholi vakillari hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari generali Kennet Makkenzi aytib oʻtdi.
“Bu missiya biz uchun oson boʻlmadi. 2461 AQSH askari va tinch aholi halok boʻldi. 20 mingdan ortiq kishi yaralandi. Afsuski, bu raqamlarga oʻtgan hafta ISHID tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida hayotdan koʻz yumgan 13 nafar amerikalik harbiy xizmatchi ham kiradi”, deydi Makkenzi.
U harbiy qoʻmondonlik ularning qahramonlari sharaflanishini taʼkidladi.
Oldinroq, AQSHning Afgʻonistondagi missiyasi yakunlangani va ushbu mamlakatdagi barcha AQSH harbiylari chiqib ketgani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring