AQSH Adliya vazirligi Trampning navbatdagi gʻoyasini “aqldan ozish” deb atadi

12:20 14 Noyabr 2024 Dunyo
370 0

Foto: AP

AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Adliya vazirligi rahbari va Bosh prokuror lavozimiga kongressmen Mett Gets nomzodini koʻrsatish taklifi mazkur departament xodimlarini hayratda qoldirgan. Bu haqda “NBC News” oʻz manbalariga tayanib yozmoqda.

Tramp chorshanba kuni mazkur qarorini eʼlon qildi. Bu maʼlumot paydo boʻlganidan soʻng vazirlik shtab-kvartirasi yoʻlaklarida gʻamgin muhit hukm sura boshlagan.

“Oh, Xudoyim”, deydi idora amaldorlaridan biri. Yana biri Trampning tanlovini “haqiqatan ham hayratlanarli” deb atagan. Uchinchisi bu gʻoyani “aqldan ozgan” deb hisobladi. Toʻrtinchisi gʻazablanib, vaziyatni “bemaʼni” deb atadi va Getsni tarixning bunday “davr yaratuvchi” lahzasida bu kabi muhim lavozimga tasdiqlamaslik kerakligini aytdi.

— “Nima boʻlyapti?” “Soʻz topishga qiynalyapman” – soʻrovda qatnashgan Adliya vazirligi xodimlari orasida shunday iboralar ham eshitildi. Ulardan biri Getsning oʻzi jinoiy tergov predmeti boʻlganini eslab, bosh prokuror lavozimiga nomzodni “oʻziga xos fazilatlarga ega” deya masxara qildi.

“U Adliya vazirligi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan eng kam malakali shaxsdir”, — deya telekanal boshqarmadagi sobiq yuqori lavozimli amaldorning soʻzlarini keltiradi.

Telekanal xabariga koʻra, ilgari ayblovlarsiz yakunlangan federal tergov mavzusi boʻlgan Gets muntazam ravishda Adliya vazirligini ham, Federal qidiruv byurosini ham tanqid qilgan, jumladan, byuroni moliyalashtirishni tugatishga chaqirgan.

Shu yilning 5-noyabr kuni AQSHda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Donald Tramp gʻalaba qozondi. U XIX asrdan beri toʻrt yillik tanaffusdan soʻng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH siyosatchisi boʻldi. Uning inauguratsiyasi 2025-yilning 20-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер