AQSH Adliya vazirligi Ilon Maskga qarshi ayblov eʼlon qildi
Foto: AP
AQSH Adliya vazirligi amerikalik biznesmen va milliarder Ilon Maskni oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari shaxsiy hayotini buzganlikda aybladi.
Manbaga koʻra, Adliya vazirligi Maskga qarshi daʼvo arizasida tadbirkor X Corp. ustidan qattiq nazorat olib borganini, baʼzida kompaniyani alohida yoʻl bilan boshqarganini, natijada u maʼlumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini xavf ostiga qoʻyishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Bundan oldin “Bloomberg“ X ijtimoiy tarmogʻi Kaliforniyani shtatdagi moderatsiya qonuni boʻyicha sudga berganini yozgan edi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, X Corp. Sakramento federal sudiga qonun Konstitutsiyaning soʻz erkinligi bandi bilan himoyalangan ichki qarorlariga toʻsqinlik qilayotganini daʼvo qildi. Daʼvogarga koʻra, qonunning haqiqiy maqsadi ijtimoiy media kompaniyalariga hokimiyat nuqtai nazaridan muammoli kontentni olib tashlash uchun bosim oʻtkazishdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring