AQSH 2021-yil oxiriga qadar Iroqdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketadi — OAV

02:48 27 Iyul 2021 Dunyo
1070 0

Yaqin kunlarda AQSH prezidenti Jo Bayden va Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qadimiy AQSH askarlari Iroqdan chiqib ketishini eʼlon qiladi.

Bu haqda “Associated Press” AQSH prezidenti maʼmuriyatining yuqori lavozimli xodimiga tayanib xabar bermoqda.

AQSH armiyasining Iroqdagi missiyasi 2021-yil oxiriga yakuniga yetishi kerak. AQSH harbiylarini olib chiqib ketganidan soʻng, Vashington Bagʻdodga “ISHID”ga qarshi kurashda yordam berishda davom etadi. Yaʼni amerikalik instruktorlar Iroq askarlariga maslahat beradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi.

Bayden maʼmuriyati vakilining soʻzlariga koʻra, Iroq qurolli kuchlari oʻzlarini mamlakatni himoya qilishga qodirligini isbotladilar.

“Associated Press”ning yozishicha, AQSH kontingentini qisqartirish bahorda rejalashtirilgan edi. Ammo keyinchalik tomonlar qoʻshinlarni olib chiqish jadvalini kelisha olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер