Aprel oyida “AirPods Max” quloqchinlari yangilanadi

16:48 25 Mart 2025 Jamiyat
213 0

“Apple” kompaniyasi 2025-yilning aprel oyida “AirPods Max” quloqchinini yangilashni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya saytida maʼlum qilindi.

Yangilanish bilan quloqchinlarga “Lossless audio” (sifat yoʻqotishisiz audio) va “Ultra-low latency audio” (super pasaytiruvchi) rejimlari qoʻshiladi. Bu funksiyalar bilan qurilmani ovoz manbasiga sim orqali ham ulash mumkin boʻlib, naushniklar simsiz va simli audio uzatishni qoʻllab-quvvatlaydigan yagona model boʻlib qoladi.

Ushbu super ovoz soʻndiruvchi rejimi onlayn oʻyinchi va strimerlar uchun katta qulayliklarni yaratib, jarayonni yanada qiziqroq qiladi.

Taʼkidlash joiz, “AirPods Max” “Apple” kompaniyasining eng qimmat naushniklari boʻlib, narxi 549 dollardan boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер