Aprel oyi boshida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

10:11 31 Mart 2025 Jamiyat
243 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 31-martdan 2-aprelga qadar kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-martda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 4-9 daraja iliq,
kunduzi 22-27 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-martda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

ToshkentSirdaryoSamarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1-2-aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер