“Apple” va “Google” oʻz doʻkonlaridan 1,5 millionga yaqin ilovani olib tashlaydi

17:30 13 May 2022 Dunyo
923 0

Illyustrativ foto

“Android” va “iOS” uchun ishlab chiqilgan 1,5 millionga yaqin ilovalar ikki yildan ortiq vaqt davomida yangilanmagani bois raqamli doʻkonlardan olib tashlanishi mumkin. Bu haqda “The Sun” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ekspertlarining fikricha, ayni paytda “Google Play” 869 000 ta, “App Store”da esa 650 000 ta ilovalarga deyarli murojaat etilmayapti.

Taʼkidlanishicha, ularning aksariyatini bolalar orasida mashhur boʻlgan maʼlumotnomalar va oʻyinlar tashkil etadi. Joriy yilning aprel oyi oxirida Apple “App Store” raqamli doʻkonidan eskirgan ilovalarni olib tashlashini eʼlon qildi. Oʻz navbatida, “Google” ishlab chiquvchilar tomonidan yangilanmagan ilovalarni qidiruv tizimidan chiqardi.

Qayd etilishicha, eski ilovalar xakerlik hujumiga koʻproq moyil boʻladi. Chunki ularda vaqt oʻtishi bilan aniqlangan zaifliklar uchun kerakli tuzatishlar boʻlmasligi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер