“Apple” “iPhone” jamlanmasini yana qisqartiradi — OAV
Foto: Reuters
Fransiyada “Apple“ smartfonlari endi ”EarPods” (quloqchin)siz sotuvga chiqaraladi. Oldin mazkur mamlakat qonunchiligiga binoan Amerika kompaniyasi Fransiyada smartfonlarni simli quloqchinlar bilan birga sotishga majbur edi.
2020-yilda “Apple” “iPhone 12” toʻplami quloqchin va quvvatlash qurilmasisiz chiqarishni maʼlum qildi. Shundan soʻng Fransiyada quloqchinsiz smartfon sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Shu bois 2020 va 2021-yillarda Fransiyada smartfonlar quloqchin va quvvatlash qurilmasi bilan, ammo alohida qutilarda sotildi.
Xabar qilinishicha, yangi qonun loyihasi 2021-yil oxirida qabul qilingan. U insoniyatning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan boʻlib, 24-yanvardan kuchga kiradi. Ushbu sanadan keyin “Apple” bu majburiyatdan ozod boʻlishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring