“Apple” dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatidagi maqomini boy berdi

00:19 12 May 2022 Dunyo
1310 0

Illyustrativ foto

Neft narxining oshishi va inflyatsiya “Apple”ning dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatidagi maqomini yoʻqotishiga sabab boʻldi. U Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi ”Saudi Aramco“ga oʻz oʻrnini boy bergan. Bu haqda ”Bloomberg” xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda “Saudi Aramco”ning bozor kapitallashuvi 2,43 trillion, “Apple”niki esa 2,38 trillion dollarni tashkil qilmoqda. 

2022-yil boshida “Apple”ning bozordagi kapitallashuvi birinchi marta uch trillion dollardan oshib ketgan edi. Eʼtiborlisi, oldin hech bir kompaniya bunday koʻrsatkichga erishmagan. Biroq shundan soʻng korporatsiyaning bu koʻrsatkichi sezilarli darajada pasaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер