Anvar Klevleyev Tailanddagi xalqaro musobaqalarda shohsupaga ko‘tarildi
Tailandning Pattaya shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Ularda startga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Klevleyev oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Kanoechimiz dastlab “Sea Open” musobaqasida kumush, so‘ngra “Thailand open” turnirida oltin medal sohibiga aylandi. Endi hamyurtlarimiz ushbu shaharda 12-martgacha tashkil etiladigan U18 va U23 yosh toifalaridagi qit’a birinchiliklarida ishtirok etishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring