Antaliyada soʻnggi 70 yil ichidagi eng issiq harorat qayd etildi
Arxiv surat
Turkiyaning Antaliya kurort mintaqasida joriy sentyabr soʻnggi 70 yil ichida qayd etilgan eng issiq oy boʻldi.
Mahalliy “Hurriyet” nashrining yozishicha, Shimoliy Afrikadan kirib kelgan iliq havo oqimi tufayli Antaliyada soʻnggi haftalarda havo harorati odatdagidan 10-12 darajaga yuqori natijani koʻrsatgan holda kunduzi 35 darajaga yetgan. Qayd etilishicha, jazira taxminan 70 foiz namlik bilan birga kechgan. Shu bois mahalliy maʼmurlar jazirama sabab keksa va kasal odamlarga sogʻligʻiga koʻproq eʼtibor berishni tavsiya qilmoqda.
Xabarlarga koʻra, ayni kunlarga mintaqa boʻylab havo haroratining sentyabr uchun odatiy boʻlgan 22-25 daraja koʻrsatkichlarga pasayishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring