Anklav hudud — Soʻx tumanida ham saylovchilar faol

17:05 22 Dekabr 2019 Siyosat
1293 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 116-Navbahor saylov okrugi va xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashiga 27 ta, viloyat kengashiga 2 okrug tashkil etilgan. Jami 30 ta saylov uchastkasida 45 mingdan ziyod saylovchilar bugungi saylovda ishtirok etishmoqda.

— Erta tongdan boshlab saylovchilar kelib, oʻz xohish-irodasini bildirishmoqda, — deydi tumandagi 433-saylov uchastkasi raisi Rahmatjon Haydarov. — Uchastkamizda 1128 nafar saylovchi roʻyxatga olingan boʻlsa, ularning koʻpchiligi ilk bor ovoz berishdi. 4 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi. Umuman olganda, fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan toʻlaqonli foydalanishlari uchun qonun talablari asosida barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bugun soat 15:00 dayoq saylovchilarning 69,6 foizi oʻzlarining ovoz berish huquqlaridan foydalanishgan.

Elyorjon EHSONOV.

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер