Anhor Lokomotiv parkida attraksion toʻxtab qoldi
Toshkent shahridagi "Anhor Lokomotiv parkida attraksion toʻxtab qoldi. 15 metr balandlikdagi karuselda odamlar qariyb 10 daqiqacha qolib ketishgan" mazmunida videoxabar eʼlon qilindi.
Energetika vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, attraksionning toʻxtashiga tashqi elektr taʼminoti sabab boʻlmagan, yaʼni hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli tarmoqda nosozlik yoki boshqa sabab bilan uzilish boʻlmagan. Parkka uzluksiz ravishda elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Videodan ham koʻrinib turibdiki, parkda elektr energiyasi mavjud. Attraksion toʻxtashiga tashqi elektr taʼminotining mutlaqo aloqasi yoʻq, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring